Shaxmat. Hamyurtlarimiz Hindistonda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 414
Hindistonning Deli shahrida joriy yilning 4-11 sentyabr kunlari shaxmat bo'yicha 6,8,10,12,14,16,18 va 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida G'arbiy Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Musobaqa qatnashchilari standart, rapid va blits bo'yicha bellashadilar. Chempionat 9 turdan iborat bo'lib, nazorat vaqti 90 daqiqani tashkil qiladi(standart shaxmat). Har bir yurishdan so'ng shaxmatchilarga 30 soniyadan vaqt qo'shib beriladi.
Blits shaxmatda esa umumiy 3 daqiqa, har bir yurishga esa 2 soniyadan vaqt qo'shib beriladi.
Musobaqada oltin medalni qo'lga kiritganlar Xalqaro grossmeystr unvoniga ega bo'lishadi.
O'zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, yurtimiz sharafini 11 shaxmatchi himoya qilmoqda. Ular orasida FIDE toifasidagi sport ustalari Abdisalimov Abdimalik va Abdruhmonov Muhammadali hamda ayollar o'rtasida xalqaro toifadagi sport ustasi Abdusattorova Bahora ham bor.
Bugun boshlanadigan musobaqada hamyurtlarimizga omad tilab qolamiz.