Jahon chempionatida ishtirok etuvchi engil atletikachilarimiz tarkibi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 679
27 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar Qatar poytaxti Doxa shahrida engil atletika bo'yicha navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tadi. Jahonning 100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etadigan mazkur musobaqaga O'zbekiston terma jamoasi ham o'zining asosiy tarkib sportchilari bilan tashrif buyuradi.
Musobaqani hamyurtlarimiz orasida balandlikka sakrash sektorida Svetlana Radzivil hamda Nadiya Dusanova saralash bosqichidan boshlab berishadi. Shuningdek, Ruslan Qurbonov uch hatlab sakrash, Sitora Hamidova va Andrey Petrov marafon, Ekaterina Voronina ko'p kurash yo'nalishida bahs olib boradi.
Joriy yilning aprel oyida aynan mazkur JChga mezbonlik qiladigan arenada o'tgan qit'a birinchiligida bira to'la uch nafar vakilimiz: Nadiya Dusanova, Ekaterina Voronina hamda Ruslan Qurbonov oltin medal birga JCh yo'llanmasini qo'lga kiritishgan edi. Qolgan vakillarimiz esa turli xalqaro musobaqalarda mundial normativlarini bajarishga muvaffaq bo'ldilar. Doha mezbonlik qiladigan ushbu dunyo birinchiligida ham hamyurtlarimizning kamida Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi normativlarni bajarib qaytishlarini tilab qolamiz.