Sanches: «Men «MYu»ga sovrinlar yutish uchun kelgan edim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 560

“Inter” klubi futbolchisi Aleksis Sanches sobiq jamoasi “Mnchester Yunayted”da o'ynaganidan afsuslanmasiligini takidladi.
“Men "Manchester Yunayted"ga kelganimdan xursand edim. "MYu" Angliyada eng sovrindor klub. Men "Arsenal"da ham baxtiyor edim, lekin "MYu" futbolchilarni sotib olishda faollik ko'rsatayotgan edi. Men bu klubga sovrinlar yutish uchun kelgan edim. "MYu"ga kelganimdan afsuslanmayman.
Men xursand edim, lekin doim jamoadoshlarimga o'ynashni istayotganimni aytar edim. Agar menga imkoniyat berishganda, bor kuchimni ishga solar edim. Bir o'yinda 60 daqiqa o'ynab, keyingi o'yinda zaxirada o'tirar edim. Nega bunday bo'layotganini tushunmas edim”, -deydi Sanches.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202