«Yuventus» Emre Jan va Manjukichni EChL qaydnomasiga kiritmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 575

"Yuventus" Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini UEFAga taqdim qildi.
Mazkur ro'yxatdan yarim himoyachi Emre Jan va hujumchi Mario Manjukich o'rin olmadi. Shuningdek, tizzasidan olgan jarohat tufayli jarrohlik stoliga yotgan Jorjio Kellini ham qaydnomaga kiritilmadi.
"Yuventus"ning EChL guruh bosqichi uchun qaydnomasi:
Voytsex Shchesni, Mattia De Shilo, Matteys de Ligt, Miralem Pyanich, Sami Xedira, Krishtianu Ronaldu, Aaron Remzi, Paulo Dibala, Duglas Kosta, Aleks Sandro, Danilo, Blez Matyuidi, Xuan Kuadrado, Gonsalo Iguain, Leonardo Bonuchchi, Daniele Rugani, Adrian Rabo, Merix Demiral, Rodrigo Bentankur, Karlo Pinsolo, Federiko Bernardeski, Janluijji Buffon.
Eslatib o'tamiz, "keksa sinora" "D" guruhida "Atletiko", "Bayer" va "Lokomotiv"ga qarshi bahs olib boradi.

Bosh sahifaga
233