O'zbekiston delegatsiyasi Falastinga etib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 483

O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha tushdan keyin Toshkent – Tel Aviv - Ramalloh yo'nalishi bo'ylab safarga otlangan edi. Delegatsiyamiz Falastinga sog'-salomat etib bordi.
Terma jamoamiz Ramallohdagi "Millennium" mehmonxonasiga joylashdi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston JCh-20222 saralashi doirasida “D” guruhidan o'rin olgan ilk o'yinini safarda Falastinga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv 5 sentyabr kuni Ar-Ram shahridagi “Faysal al-Hussayniy” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227