"Andijon" futbolchilari Toshkentga yo'l olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 487

Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Andijon" jamoasi futbolchilari bugun ertalabki mashg'ulotlardan so'ng Toshkentga yo'l olishdi.
Poytaxtdagi yig'in mobaynida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Ertaga, ya'ni 4 sentyabr kuni "Andijon" jamoasi Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini olib boradi.
Ikkinchi o'rtoqlik uchrashuv esa 6 sentyabr kuni Toshkentning "Bunyodkor" jamoasiga qarshi o'tkaziladi.
Ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvdan so'ng futbolchilarga bir kunlik dam beriladi va jamoa futbolchilari 8 sentyabr kuni Andijon shahrida yig'iladi va 13 sentyabr kuni Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasiga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik davom ettiriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279