«PSJ» futbolchilari Neymarning ustidan kulishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 901

Neymar "PSJ"da qolishga qaror qilib, mashg'ulotga qaytganidan keyin jamoa futbolchilari braziliyalik o'yinchining ustidan kulishdi.
Futbolchilar mashg'ulot davomida «Se queda» iborasini bir necha marta takrorlashdi. Ispanchadan tarjima qilganda «U qoladi», deganidir.
2017 yilda Neymar "Barselona" tark etishi oldidan "ko'k-anorranglilar" himoyachisi Pike braziliyalik futbolchi bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylab, «Se queda», deb izoh qoldirgan edi. Ammo o'shanda futbolchi "PSJ"ga o'tib ketgan edi.
Mazkur yozgi transfer paytida 27 yoshli futbolchi «Barselona»ga qaytishi mumkin edi, ammo klublar transfer borasida kelishuvga erisha olishmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226