Murodjon Ahmadaliev chempionlik jangi uchun ringga chiqa olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 463
Professional boksning ikkinchi yarim engil (55,3 kg) vazn toifasida qo'shchempion (WBA va IBF kamarlari sohibi) Daniel Roman (27-2-1, 10 KO) 13 sentyabr kuni «Madison Square Garden»da (Nyu-York) Murodjon Ahmadalievga (6-0, 5 KO) qarshi ringga ko'tarilmaydigan bo'ldi.
«Romanda chap elkasida muammo paydo bo'lgan, — dedi menejer Aleks Kamponovo. — Biz hozircha bu jarohatning qanchalik jiddiy ekanini bilmaymiz. O'tgan haftada MRT qildirdik, bugun yoki ertaga aniq javobini olamiz».
Romanning murabbiyi Eddi Gansalesning aytishicha, chempion 19 avgust kuni sparring bilan mashg'ulot vaqtida jarohat olgan.
Eslatib o'tamiz, Murodjon Ahmadaliev WBA kamariga asosiy da'vogar sanaladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!