Karatechilarimiz Tokioga yo'l olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 358
Yaponiyaning Tokio shahri navbati bilan turli sport turlari bo'yicha nufuzli xalqaro musobaqalar va terma jamoamiz vakillarini qabul qilishda davom etmoqda. Kecha tunda dzyudo bo'yicha terma jamaomiz jahon chempionatidan qaytib kelgan bo'lsa, shu oqshomning o'zida karatechilarimiz kunchiqar yurt poytaxtiga yo'l olishdi.
Tokio 6-8 sentyabr kunlari karate bo'yicha Premer liga musobaqasiga mezbonlik qiladi. Aynan ushbu shaharda kelasi yil bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga yirik reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari ham asosiy tarkib bilan ishtirok etmoqda. Musobaqada qatnashuvchi tarkibimiz quyidagicha:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Dostonbek Otabolaev
-50 kg: Bahriniso Boboeva
-61 kg: Barno Mirzaeva
Murabbiylar: O'ktam Bekpo'latov, Dilnoza Bakirova
Delegatsiya rahbari: Kamoliddin Hojiniyozov