Chicharito faoliyatini La Ligada davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 299
"Vest Xem" hujumchisi Ispaniyaga ko'chib o'tishga yaqin turibdi.
Sky Sports xabariga ko'ra, "Sevilya" "Vest Xem" bilan Chicharitoni 10 million evro evaziga transfer qilishga kelishib olgan.
Bugun 31 yoshli meksikalik futbolchi shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Ma'lumot uchun Xaver Ernandes 2017 yilda "Bayer"dan "Vest Xem"ga o'tgan.
Hujumchi London klubi uchun 63 ta o'yinda 17 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!