PSJ yaqin soatlar ichida super transferni e'lon qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 965
Frantsiyaning PSJ klubi "Inter" hujumchisi Mauro Ikardini o'z safiga qo'shib oladi. Bu haqida RMC Sport nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, parijliklar argentinalik futbolchini bir mavsum uchun ijaraga olishmoqda.
Manbaning yozishicha, Ikardi Italiya va Ispaniya jamoalariga o'tishdan bosh tortgan. Uni PSJni tanlashga parijliklar klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi va klub sport direktori Leonardo ko'ndirishgan.
Bugun, 2 sentyabr kuni ushbu futbolchi Milandan Parijga kelib, tibbiy ko'rikdan o'tadi va yangi klubi bilan shartnomaga qo'l qo'yadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!