WBA yangilangan reytingida Shahram G'iyosov keskin ko'tarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 574

Butunjahon boks assotsiatsiyasi WBA professional bokschilarning avgust oyi uchun reytingini e'lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.
Unda o'zbekistonlik ikki bokschi super engil (63,5 kg) vazn toifasi vakili Shahram G'iyosov (9-0, 7 KO) va super yarim o'rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (3-0, 3 KO) yuqorilashga muvaffaq bo'ldi.
Shahram G'iyosov avgustda etkazgan jangidagi g'alabasi sabab bir yo'la 5 pog'ona ko'tarilib reytingning 5-o'rniga joylashdi. Isroil Madrimov esa yangi chiqarilgan reytingda oldingi oyga nisbatan ikki pog'ona yuqoriladi va 6-o'rinda qayd qilindi.
Ikkinchi yarim engil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliev (6-0, 5 KO) va Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) o'tgan oydagi kabi ikkinchi o'rinda qoldi.
Reytingda o'zbekistonlik boshqa sportchilar o'rin olmagan.

Bosh sahifaga
204