Grizmann shaxsiy antirekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 395
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida bo'lib o'tgan "Osasuna"ga qarshi o'yinda (2:2) shaxsiy antirekordini takrorladi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, frantsiyalik futbolchi mazkur o'yinda to'p bilan bor-yo'g'i 30 marta muomala qilgan. Bu natija Grizmann faoliyatidagi eng yomon ko'rsatkichning takrori bo'lib, 2015 yilda bo'lib o'tgan "Granada"ga qarshi o'yinda u shunday harakat qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli Grizmann yozgi transfer paytida 120 million evro evaziga "Barselona"ga o'tdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!