Neymar «Real»ga o'tishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 554
"PSJ" hujumchisi Neymar "Real" vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Braziliyalik futbolchi unda "Pari Sen-Jermen"da qolishini ma'lum qildi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, 27 yoshli futbolchining "Barsa" o'tish rejasi barbord bo'lganidan keyin u Parijda yana bir mavsum qolishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, Neymar yozgi transfer paytida "Barselona"ga o'tishga harakat qildi. Ammo tomonlar transfer borasida kelisha olishmadi.
Uning "PSJ" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!