«Manchester Yunayted» skauti «Lokomotiv» - «Rostov» o'yiniga tashrif buyurdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 513

«Manchester Yunayted» klubi skauti Krsto Kilibarda Rossiya chempionatining 8-turi doirasida bo'lib o'tgan «Lokomotiv» - «Rostov» o'yinini stadiondan kuzatdi.
Serbiyalik selektsioner mazkur o'yinga aynan qaysi futbolchini kuzatish uchun kelgani haqida ma'lumot yo'q.
Kechagi o'yinda «Rostov» 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Rostovliklarning ikkita goliga Eldor Shomurodov mualliflik qildi. O'zbekistonlik futbolchi Rossiya chempionatining ushbu mavsumida 8ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi hamda to'purarlar ro'yxatida peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185