Diego Kosta «Eybar» bilan o'yinga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 460

"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta Ispaniya chempionatining bugun "Eybar"ga qarshi o'yinida ishtirok etishga tayyor.
Madrid klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, Kosta tibbiy testlardan muvaffaqiyatli o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Kosta Ispaniya chempionatida "Atletiko"ning dastlabki ikkita o'yinida ishtirok etmagan.
Hujumchi 10 avgust kuni Xalqaro chempionlar kubogi doirasidagi "Yuventus"ga qarshi o'yinda tizzasidan jarohat olgan edi.
"Atletiko" - "Eybar" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228