A seriya. «Milan» qiyin g'alabaga erishdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1068
Italiya chempionatining 2-turida "Milan" o'z uyida "Breshiya"ni qabul qilib, kichik hisobda g'alaba qozondi.
Bahsning 12-daqiqasida o'ng qanotdan etkazilgan uzatmani Hoqon Cholhono'glu bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi.
Uchrashuv oxirigacha har ikkala jamoa ko'plab vaziyatlar yaratishdi. Ayniqsa, Pyontek kamida 2ta qulay vaziyatlardan foydalana olmadi.
Shunga qaramay, "Milan" g'alabani o'zida saqlab qoldi va dastlabki 3 ochkoni qo'lga kiritdi.
Italiya chempionati, 2-tur
Milan – Breshiya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 12 Chalxanoglu.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Romanoli, Musakko, Rodriges, Chalxanoglu (Lukas Paketa, 65), Bennaser, Kastilexo (Borini, 80), Kessie, Suso, Andre Silva (Piontek, 61).
Breshiya – Yoronen, Sabelli, Martella (Mateyu, 14), Chistana, Chanselor, Tonali, Bizoli, Shpalek (Tremolada, 76), Dessena, Donnarumma, Torregrossa (Aye, 46).
Ogohlantirishlar: Dessena (24), Chistana (30), Andre Silva (34), Bizoli (39), Kalabriya (55), Chalxanoglu (65), Tonali (90).