Eldor Shomurodov: «Chempionat to'purari bo'lishni xohlayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 578
“Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov “Lokomotiv” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikr bildirdi.
“Dastlabki 30 daqiqa juda asabiy o'tdi. Biz barchamiz o'yin qiyin bo'lishini tushunib turgan edik. Taxminan 30-daqiqalardan so'ng jamoamiz o'ziga ishonchni his qildi va kerakli natijani qo'lga kirita oldik.
To'purarlar poygasini kuzatib boraman. Albatta men ham chempionat to'purari bo'lishni va jamoamga ochkolar jamg'arishda yordam berishni istayman”, -deydi Shomurodov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!