Sinxron suzish bo'yicha terma jamoamiz Rossiyaga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282
Sinxron suzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borish uchun Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahriga yo'l olishdi. Oldinda turgan Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi musobaqalarga munosib hozirlik ko'rish maqsadida tashkil etilgan mazkur yig'in 22 sentyabrga qadar davom etadi. Ushbu vaqt oralig'ida hamyurtlarimiz rossiyalik sinxronchilar bilan ham qo'shma yig'in olib borishi ko'zda tutilgan. Rossiya yig'iniga quyidagi vakillarimiz jalb qilingan:
Trener: Oksana Bortnikova
Sportchilar:
Nafisa Shomirzaeva
Anastasiya Morozova
Anna Eltisheva
Diana Onkes
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!