«Beshiktosh» «Arsenal» yarim himoyachisini ijaraga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 352
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mohamed El-Nenni "Beshiktosh" klubiga yillik ijaraga o'tdi, deb xabar bermoqda Istanbul klubining rasmiy sayti.
27 yoshli El Nennini "Arsenal" 2016 yil yanvarida "Bazel"dan 12,5 million evroga sotib olgan edi.
Futbolchi "to'pchilar" safida 89 uchrashuvda 2 ta gol va 8 ta gollik uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining "Arsenal" bilan shartnomasi 2022 yil yozigacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!