RPL. Shomurodovning «dubli» «Rostov»ga g'alaba keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 367
Rossiya premer-ligasining 8-turi doirasida markaziy o'yin Moskvada bo'lib o'tdi. «Lokomotiv» o'z uyida «Rostov»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi.
Rostovliklarning har ikkala goliga Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Uchrashuvning 41-daqiqasida burchakdan etkazilgan uzatmani hamyurtimiz bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.
Ikkinchi bo'limda esa Ionov chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib borib, darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Shomurodov ikki himoyachidan chaqqonroq harakat qilib, to'pni darvozani burib yubordi.
O'yin tugashiga 9 daqiqa qolganida Anton Miranchuk bitta javob to'pini kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, "Rostov" o'z ochkolarini 17taga etkazib, jadval peshqadamiga aylangan bo'lsa, Shomurodov 7ta gol bilan to'purarlar ro'yxatini boshqarmoqda.
Rossiya chempionati, 8-tur
Lokomotiv – Rostov 1:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 41 Shomurodov, 0:2 – 58 Shomurodov, 1:2 – 81 Miranchuk.
Lokomotiv – Gilerme, Riibus, Chorluka, Xevedes, Ignatev, Barinov, Kriixovyak, Miranchuk (Joau Mariu, 30), Miranchuk, Jemaletdinov (Djordjevich, 60), Smolov.
Rostov – Baburin, Chernov, Sigurdsson, Kozlov, Chistyakov, Eremenko, Normann, Saplinov (Logashov, 67), Ionov (Zuev, 87), Popov (Bayramyan, 60), Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Normann (26), Eremenko (39), Riibus (64), Logashov (88), Ignatev (90).