Kellini uzoq vaqtga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 703

"Yuventus" himoyachisi Jorjio Kellini jarohat olib, uzoq vaqtga safdan chiqdi. Turinliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, mashg'ulot paytida 35 yoshli futbolchining o'ng tizzasidagi bo'g'imida uzilish ro'y bergan.
Shu sababli, italiyalik futbolchi operatsiya qilinadi. Uning tiklanishi uchun qancha vaqt talab etilishi aniq emas, ammo bunday holatlarda futbolchi kamida 6 oy maydondan tashqarida qoladi.
Kellini o'tgan mavsumda 34ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230