Liga-1. «PSJ» safarda g'alaba qozondi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1070

Frantsiya chempionatining 4-turi doirasida "Pari Sen-Jermen" safarda "Metts" klubi mehmoni bo'lib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida belgilangan penaltini Anxel di Mariya aniq amalga oshirib, hisobni ochgan bo'lsa, birinchi bo'lim tugashi arafasida Shupo-Moting hisobdagi farqni oshirdi.
Ushbu g'alabadan keyin parijliklar o'z hisoblaridagi ochkolarni 9taga etkazib, kamida bir kunga jadvalda peshqadamga aylanib olishdi.
Frantsiya chempinati, 1-tur
"Metts" - PSJ 0:2
Gollar: Di Mariya (pen), 11 - 0:1, Shupo-Moting, 43 - 0:2
"Metts": Ukidja, Delen, Santonz, Sunzu, Boye, Maiga, Fofana (Angban, 59), Bulaya (Nyan, 82), Koad (Gakpa, 70), Ngette, Diallo.
PSJ: Bulka, Dagba, Markinos, Tiago Silva, Bernat, Sarabiya, Verratti (Kurzava, 82), Di Mariya, Aushish (Paredes, 65), Shupo-Moting (Xese, 90), Guye.
Ogohlantirish: Fofana (27).

Bosh sahifaga
230