«Yuventus» sardori uzoq muddatga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 535
Turinning “Yuventus” sardori va himoyachisi Jorjo Kellini mashg'ulot paytida og'ir jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, 35 yoshli futbolchining o'ng tizzasi xochsimon paylari uzilib ketgan. Endi u jarrohlik stoliga yotadi.
Hozircha Kellinining qachon tiklanib olishi ma'lum emas. Odatda bunday jarohatdan qutulish uchun kamida 6-9 oy muddat kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi 2005 yildan beri “Yuventus” sharafini himoya qilmoqda. Uning shartnomasi 2020 yil yozigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!