Bektemir Meliqo'ziev yana birinchi raundda raqibini tor-mor etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 453
Professional boksning super o'rta (76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo'ziev (2-0, 2 KO) yana bir chiroyli g'alabasini tantana qildi.
Kaliforniyaning Pasadena shahrida bo'lib o'tgan boks oqshomida u meksikalik Rikardo Luna Floresga (22-7-1, 14 KO) qarshi ringga ko'tarildi. Sakkiz raundga mo'ljallangan mazkur jang birinchi raunddayoq o'z yakuniga etdi. Meliqo'ziev dastlabki raundda Floresni ikki marta jigar qismiga bergan kuchli zarbalari tufayli erga qulatdi. Natijada hakam raundning 2:13 soniyasi ortda qolganida sof nokaut qayd etdi.
Bu natija orqali Bektemir Meliqo'ziev professional boksdagi ikkinchi jangida ham birinchi raunddayoq g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, Meliqo'ziev 13 iyun kuni Hollivudda bo'lib o'tgan boks kechasida prof-boksdagi debyut jangini o'tkazgan va unda argentinalik Martin Fidel Riosga (23-20-4, 13 KO) qarshi jangda raqibini birinchi raundda nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi.