Inyaki Uilyams rekord o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 433
Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida «Atletik» o'z uyida «Real Sosedad»ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Mezbonlar hujumchisi Inyaki Uilyams asosiy tarkibda maydonga tushib, bahsning 11-daqiqasida gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, 25 yoshli bilbaoliklar safida ketma-ket 122-o'yinda maydonga tushdi. Mazkur natija darvozabonlarni inobatga olmaganda, o'yinchilar orasida 21-asrdagi eng uzun seriya hisoblanadi.
Uilyams avgust oyida «Atletik» bilan shartnomani 2028 yilga qadar uzaytirgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!