Ikardi «Inter»ni sudga berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 539
«Inter» hujumchisi Mauro Ikardi klub ustidan sudga shikoyat qildi. La Gazzetta dello Sport tarqatgan xabarga ko'ra, 26 yoshli futbolchi shu orqali jamoa safiga qaytishni istamoqda.
Shuningdek, argentinalik futbolchi "neradzurri"dan 1,5 mln evro miqdorida kompensatsiya talab qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Inter» yangi bosh murabbiyi Antonio Konte futbolchini asosiy tarkibda o'ynatmasligini ma'lum qildi.
Hozirda futbolchiga «Monako» va «Napoli» klublari qiziqish bildirmoqda. Ikardining o'zi esa «Yuventus»ga o'tishni istamoqda, ammo turinliklar transfer bo'yicha taklif yuborishmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!