«PSJ» va «Barselona» Neymarning narxi borasida bir to'xtamga kelishdi, ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 693

Taniqli jurnalist Gilem Balage "PSJ" va "Barselona" o'rtasida kechayotgan Neymarning transferi borasidagi muzokaralar haqida ma'lumot berdi.
Unga ko'ra, klublar braziliyalik futbolchining narxi borasida bir to'xtamga kelishdi. Ular 27 yoshli o'yinchini 200 million evroga baholashdi.
Ammo "Barselona" bu narxga Neymarni sotib olish imkoniyatiga ega emas. Boisi, jamoada buncha pul yo'q. Kataloniyaliklar o'zining ba'zi futbolchilarini "PSJ"ga berish evaziga narxni pasaytirmoqchi bo'ldi, ammo ularning hech biri Parijga ko'chib o'tishni istashmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179