EChLda jamoalar soni 96ta etkazilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 612

Evropaning top-klublari Chempionlar ligasi musobaqasi formatini o'zgartirishni muhokama qilishmoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, hozirda musobaqaning guruh bosqichi ishtirokchilarini sonini 32tadan 96taga oshirish variantini ko'rib chiqilmoqda. Bunday formatda jamoalar oltitadan 16ta guruhga bo'linishadi.
Ushbu g'oyaga ko'ra, guruhlarda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoa EChL pley-off bosqichida o'z ishtirokini davom ettirsa, keyingi 2ta klub Evropa ligasi pley-off bosqichiga yo'l oladi. Qolgan jamoalar uchun yana bir musobaqa tashkil etilishi kutilmoqda.
Bunday format tufayli musobaqalarning saralash bosqichi kamayishi kutilmoqda.
Mazkur g'oya UEFAning sentyabr oyida bo'ladigan Ijroqo'mida muhokama qilinadi. Loyiha 2024 yildan boshlab amalga oshirilishi mumkin.



Bosh sahifaga
250