Krishtianu Ronaldu: «Messi bilan 15 yildan beri sahnadan tushmay kelyapmiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 659

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida «Barselona» sardori Lionel Messi bilan o'rtasidagi raqobat borasida fikr bildirib o'tdi.
— Italiyada muhim mavsumni o'tkazdim. Men uchun qiziqarli bo'ldi. Axir 15 yildan beri Messi ikkalamiz sahnadan tushmay kelyapmiz. Bunday tarix yana takrorlanadimi yoki yo'qmi, hech kim bilmaydi.
Munosabatlarimiz a'lo darajada. Shu paytgacha birga tushlik qilmagan edik. Umid qilaman, kelajakda bunday voqea yuz beradi.
— Hozir ikkalangiz ham Monakosiz (zal kuladi).
— Ispaniyani sog'inaman. Messi bilan raqobatimiz 15 yildan beri davom etmoqda. U menga kuch beradi, men esa — unga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278