Sanches «Inter»da tibbiy ko'rikdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 653

«Manchester Yunayted» hujumchisi Aleksis Sanches «Inter» bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Chililik futbolchi bugun milanliklar safida tibbiy ko'rikdan o'tdi va tomonlar yaqin orada shartnoma imzolashi kerak.
Klublar Sanchesning bir yillik ijarasi borasida kelishib olishdi. Ammo "neradzurri" kelasi yilda uning transfer huquqini sotib olish majburiyatini olmadi.
Aleksisning "MYu"dagi yillik maoshi 23 million evroga teng. Ma'lumotlarga qaraganda, italiyaliklar unga 5 million evro to'lashadi. Qolgan qismini «Yunayted» to'lab beradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
149