Bektemir Meliqo'ziev meksikalik tajribali raqibga qarshi ringga chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 942

Professional boksning super o'rta (76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo'ziev (1-0, 1 KO) 30 avgust kuni o'zining ikkinchi jangini o'tkazishi haqida xabar berib o'tgandik.
Ma'lumotlarga ko'ra, Meliqo'ziev shu kuni meksikalik Rikardo Adrian Luna Floresga (22-6-1, 14 KO) ringga ko'tariladi. Mazkur to'qnashuv Kaliforniya shtatining Pasadena shahrida bo'lib o'tadigan boks kechasida tashkillashtiriladi. Jang olti raunddan iborat bo'lishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Meliqo'ziev 13 iyun kuni Hollivudda bo'lib o'tgan boks kechasida prof-boksdagi debyut jangini o'tkazgan va unda argentinalik Martin Fidel Riosga (23-20-4, 13 KO) qarshi jangda raqibini birinchi raundda nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgandi.

Bosh sahifaga
226