Manjukich PSJ taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 508

“Yuventus” hujumchisi Mario Manjukich PSJga o'tishni istamadi. Bu haqida Frantsiya OAV xabar berdi.
Avvalroq, parijliklar Kilian Mbappe va Edison Kavanining jarohati tufayli zudlik bilan hujumchi sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma'lumot uchun, 33 yoshli xorvatiyalik hujumchi PSJning asosiy maqsadi bo'lgan, biroq futbolchi “Yuve”da qolishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, Manjukich o'tgan mavsum 25ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol urgan hamda 7ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
168