Aleksis Sanches Milanga uchib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 454
"Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanches "Inter"ga o'tishga yaqin turibdi. "Sky Sports" Tvitterdagi sahifasi chililik futbolchining Italiyaga tashrifi videosini e'lon qildi.
"Inter" muxlislari uni iliq qarshi olishdi. Ishqibozlar uning ismini olqishlashdi va uning sha'niga qo'shiq kuylashdi. Sanches ertaga tibbiy ko'rikdan o'tadi va "neradzurri" bilan shartnoma imzolaydi.
Avvalroq "MYu" Sanchesni "Inter"ga bir yilga ijaraga berishi va milanliklar uni kelasi yili 15 mln evroga sotib olishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!