Ispaniya milliy terma jamoasi va «Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi 19 yoshida o'z pozitsiyasida dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi. U bu borada Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Vilyam Saliba bilan bir xil ko'rsatkichga ega.

Transfermarkt tahliliy portali 2026 yilgi jahon chempionati yakunlariga ko'ra ispaniyalik futbolchining transfer qiymatini 20 million evroga oshirdi. Hozirda Kubarsining bozor qiymati 100 million evroga baholanmoqda.

Avvalroq FIFA Pau Kubarsini JCh-2026ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb e'tirof etgan edi. Himoyachi musobaqada Ispaniya terma jamoasining barcha sakkiz uchrashuvida maydonga tushdi. U gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmagan bo'lsa-da, Ispaniya turnir davomida atigi bitta gol o'tkazib yubordi va finalda Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etib, jahon chempionligiga erishdi.

Manba: Stadion.uz