Saka "Arsenal" safida 200 ta o'yin o'tkazgan to'rtinchi eng yosh futbolchiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63

"Arsenal" vingeri Bukayo Saka jamoa safidagi 200 o'yinlik marraga etdi.
Bugungi APL doirasidagi "Luton Taun"ga qarshi o'yin angliyalik uchun 200-o'yin bo'ldi. 22 yoshli futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi va 20-daqiqadayoq u Gabriel Martinelliga golli uzatmani amalga oshirdi.
"Opta" xabariga ko'ra, Saka jamoa safida 200 ta o'yin o'tkazgan "Arsenal"ning to'rtinchi eng yosh futbolchisidir. "Kanonirlar"ning hozirgi yulduzidan yuqoriroqda Sesk Fabregas (21 yoshu 118 kun), Devid O'Liri (21 yoshu 195 kun) va Kliff Bastin (22 yoshu 16 kun) bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234