Ibrahimovich: «APLda oson o'ynab ketgan bo'lardim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 538

«Los-Anjeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich o'zining Evropada o'ynay olish imkoniyatiga baho berdi.
«Men Angliya premer-ligasida osongina o'ynagan bo'lardim. «Manchester Yunayted»ga kerak bo'lsam, men shu erdaman. Lekin, afsuski, hozir «Gelaksi»ga tegishliman. Evropada o'z ishimni bajardim. U erda 33ta sovrinni qo'lga kiritdim. Umid qilaman, MLSda ham qandaydir sovrin yutaman. Ana undan keyin sarguzashtni qaerda yakunlashni o'ylab ko'raman», – dedi Ibrahimovich The Independent nashriga bergan intervyusida.
Ibrahimovich MLSning mazkur mavsumida 22ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224