«PSJ» zudlik bilan Manjukich bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 418

"PSJ" klubi zudlik bilan hujumchi qidirishni boshladi. Boisi, jamoa forvardlari — Kilian Mbappe va Edinson Kavani jarohat tufayli 3-4 haftaga safdan chiqqan bo'lsa, Neymar jamoani tark etishga yaqin turibdi.
Shu bois, parijliklar "Yuventus" hujumchisi Mario Manjukichni qo'lga kiritishga jiddiy bel bog'lashgan. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio sayti xabar tarqatdi.
"Pari Sen-Jermen" xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolab, Frantsiya chempionatining navbatdagi turigacha uni ro'yxatdan o'tkazishga ulgurmoqchi.
Manjukichning bozor qiymati 18 million evroga baholangan. Futbolchi o'tgan mavsumda turinliklar safida 33ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urdi va 7ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219