Shota Arveladze: "Ikkinchi davraning birinchi qismini juda yaxshi o'tkazdik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 385

"Paxtakor" bosh murabbiyi "Andijon" bilan kechgan o'yindan keyin matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Natijani ko'rganlar oson o'yin bo'lgan deb o'ylashi mumkin, ammo har bir o'yin og'ir o'tmoqda. Ikkinchi davraning birinchi qismini ajoyib tarzda o'tkazdik. Endi kichik tanaffus bo'ladi. O'n nafar futbolchimiz terma jamoalarga yo'l olishadi. O'zbekiston milliy terma jamoasiga jahon chempionati saralashida omad tilayman. Ijobiy natija futbolchilarga ham, terma jamoaga ham, o'zbek xalqiga ham kerak.
Ikkinchi o'rin bilan farq 15 ochkoga etdi. Bu katta farq. Intriga bor. Sababi bizdan keyingi o'rinlarda borayotgan klublar bir biriga juda yaqin joylashgan. Sovrinli pog'onalar uchun kurash keskin. Hali bizni oldida kubok bahslarida qiziqarli bellashuvlar kutmoqda. Jamoadagi futbolchilar futbolni sevishadi, undan rohatlanishadi. Shuning uchun ham hamon yuqori ishtiyoqni saqlab qolishmoqda.
Sadriddin Abdullaev FIFA kunlaridan keyin safga qaytadi. Ammo Sidiqov va Komilov uchun mavsum yakuniga etgan. Ular keyingi mavsumga yaxshi tayyorlanishlari lozim bo'ladi.

Bosh sahifaga
220