Shohjahon va Shahram o'rtasida jang bo'lishi mumkin!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48396

Mamlakatimizda shu kunlarda yangi yil bayrami shukuhi kezib yuribdi. Bayram arafasida o'zbek boks olamida ajoyib hodisa yuz berdi, deyiladi «Sports.uz» xabarida.
Poytaxtimiz restoranlarining birida o'zbek professional boksining ikki yorqin yulduzi — engilmas va nokautchi Shohjahon Ergashev hamda Shahram G'iyosov o'zaro to'qnash kelib qoldi.
Nashr muxbiri ushbu uchrashuv to'g'risida Shohjahondan izoh so'ragan.
«Ha biz uchrashdik, bu voqea qachonlardir sodir bo'lishi kerak edi. Agarda promoutorlarimiz kelisha olsa, o'rtamizda jang bo'lishi mumkin. Bu jang albatta O'zbekistonda o'tadi. Shahram ham jangga tayyor va o'tkazishga qarshi emas», – deydi Shohjahon Ergashev.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225