«Liverpul» asosiy himoyachisi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408
“Liverpul” klubi himoyachisi Joel Matip bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deya yozmoqda Angliya manbalari.
Mersisaydliklar rahbariyati jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylanib qolgan kamerunlik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Eslatib o'tamiz, futbolchining “qizillar” bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yozgacha mo'ljallangan.
Ma'lumot uchun, 28 yoshli Matip “Liverpul” safida 2016 yildan buyon to'p surib keladi. U 102ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan hamda 1tagolga hammualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!