«Tottenxem» Eriksenning narxini keskin pasaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 430
"Tottenxem" klubi rahbariyati transfer oynasi yopilguncha yarim himoyachi Kristian Eriksenni sotib yuborishga harakat qilmoqda. Boisi, daniyalik futbolchi jamoa bilan shartnomani uzaytirishni istamayapti.
Daily Star tarqatgan xabarga ko'ra, londonliklar uning narxini 33 million evroga qadar pasaytirishdi. Eslatib o'tamiz, "shporlar" dastlab uni 100 million evroga sotishni ko'zlashgan edi, ammo avgust oyining o'rtalariga kelib bu narx 55-60 million evroga tushirildi.
Eriksenning "Tottenxem" bilan shartnomasi ushbu mavsum so'ngida yakuniga etadi. Vaziyatni "Real", "Atletiko" va "Yuventus" klublari kuzatib borishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!