Zidanni kimni buyuk futbolchi deb atadi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 940
Braziliyalik charp to'p afsungari millionlab bolakaylarning futbolga qiziqib qolishiga sabab bo'lgan desa, adashamagan bo'lamiz. U o'zining fantastik harakatlari orqali futbolni san'at darajasiga ko'taribgina qolmay, o'z hamkasblarining olqishiga sabab bo'lgan kamsonli futbolchilar qatorida yodga olinadi. Bugun futbol olamidagi mashxur insonlarning Roni haqida aytgan qiziqarli so'zlari jamlangan maqolani e'tiboringizga taqdim etamiz.
Killian Mbappe
Men Ronaldino va Pedro Pauletaning o'yinlari bilan katta bo'lganman. Ochig'i, Ronaldinoning to'p bilan munosabatda bo'lishini til bilan tushuntrib berishning sira iloji yo'q. U aql bovar qilmas tehnika egasi edi. Men haligacha uning ayrim harakatlarini tomosha qilishda davom etmoqdaman. Eng qizig'i shundaki, oradan 15 yil vaqt o'tgan bo'lsada, uning fintlari hali hamon urfda! Boz ustiga braziliyalikning elastic harkatlarini takrorlay oladigan birorta futbolchi yaqin orada paydo bo'lmasligi aniq!
Gvardiola
Ronaldino «Barselona» jamoasining obro'sini qaytarib berish uchun eng katta mehnat qilgan futbolchilardan biri. U bir qisqa muddat davomida juda yuqori formada to'p surgan bo'lsada, EChL va «La Liga»da g'olib bo'lishga muvaffaq bo'ldi. To'g'risi, uning o'yinlarini tomosha qila turib bu futbolchini erlik ekanligiga ishonish juda mushkul.
Men Messini ko'rgunimga qadar Ronaldino singari juda chiroyli futbol ko'rsatib natija qayt eta oladigan futbolchini uchratmagan edim.
Iker Kasilyas
Afsuski, Ronaldino katta futbolni tark etmoqda. Ochig'i sen tufayl ko'p bor qiyinchiliklarga uchraganman. Mening darvozam oldida gollarni qalashtirib tashlagan bo'lsangda, futbol muxlisi sifatida sening o'yinlaringdan zavqlangan edim.
Bu haqiqatan ham boshqacha damlar edi! Men yana senga qarshi maydonga tushishni istasamda buning sira iloji yo'q.
Kasilias tomonidan Ronaldino faoliyatini yakunlanlagan kuni ijtimoiy tarmoqdalarga joylashtirilgan post
Serhio Ramos
Ronaldino yuqori formada qisqa muddat to'p surgan bo'lsada, o'z davrida uni ushlab qolishning sira iloji yo'q edi. U ham hujumchilikni ham hujum boshlashni birdek uddalay oladigan iqtidor egasi edi. U futbol tarixida abadiy qolishi aniq. Aynan uning sharofati bilan «el-klassiko»ga bo'lgan qizqish keskin ko'tarilib ketgan edi.
Ibrahimovich
Bu erda hammasi o'z-o'zidan ma'lum! U dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri va uning o'yinlaridan zavqlanmaslik chinakam jinoyat degani!
Deko
Ronaldu yoki Messi? Men bu savolga Ronaldino deb javob berishni istayman. Biz maydonda nima qilishni bilmay qolgan chog'larimizda Roni yo'q joydan golli vaziyatni yaratar va barchasini juda chiroyli amalga oshirar edi. Uning maydonda ko'rsatgan mo''jizlari tarixda qoldi. Undan so'ng, hech kim bunday fint yoki driblingni qayta ijro eta olmaydi.
Leo Messi
Aynan Ronaldino «Barselona»dagi taktik o'zgarishlarga sabab bo'lgan. U ilk mavsumda hech qanday sovrin yutmagan bo'lsada, muxlislar muhabbatini qozonishga muvaffaq bo'lgan edi. Keyinchalik birin ketin sovrinlar Katoloniyaga kela boshladi. Muxlislarning quvonchini tasavvur qilyapsizmi?
«Barsa» Ronaldinoning hizmatlari uchun doimmo yaxshi nom bilan xotirlashi aniq. U mening futboldagi birinchi ustozlarimdan biri sifatida ham qalbimdan muqim o'rin egallagan.
Barselona rasmiy saytidan
Viktor Valdez
Roni kelishi bilan «Barselona»ni butun duyoga mashxur qilib yubordi. U men ko'rgan iqtidorli futbolchilar ichida eng kuchlisi. Men xatto uni Messidan ham iqtidorliroq hisoblayman.
Zayniddin Zidan
Buyuk, buyuk futbolchi! Tezkor, egiluvchan va kuchli tehnika egasi. Ko'pchilik unin asosiy quroli sifatida driblingini qayt etsada, men unday hisoblamayman. U tug'ma fantazista! U chinakam hujumlarni boshlovchi jamoaning matori va yuragi! Uning o'yinni o'qiy olishi va vaziyatga to'g'ri baho berishi oldida shlyapamni echsam arziydi!
Ronaldino ishtirokidagi hayriya uchashuvidan so'ng berilgan intervyudan