So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Manba: «PSJ» va «Barselona» Neymar bo'yicha kelishuvga erishishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 470
Butun yoz davomida muhokama markazida bo'lib turgan Neymarning transferi nihoyat amalga oshadigan ko'rinadi. Bugun "Barselona" va "PSJ" klublari rahbarlari Parijda ushbu masalada uchrashuv o'tkazishdi. Bugun uchrashuv borasida "Mundo Deportivo" nashrining jurnalistlari ikki xil xabar tarqatishdi.
Birinchi manba
Fernando Polo tarqatgan xabarga ko'ra, bugun muzokara davomida klublar aniq to'xtamga kelishmagan, ammo uchrashuvda ishtirok etgan "Barsa" vakillari — bosh direktor Karskar Grau, menejer Xaver Bordas va sport direktori Erik Abidal "PSJ" ofisini yaxshi kayfiyatda tark etishgan. "PSJ" xo'jayini Nosir al-Xelayfiy bugun uchrashuvda ishtirok etmadi, muzokaralarni klub sport direktori Leonardo olib bordi.
«Le Parisien» tarqatgan xabarga ko'ra, Neymar faqat "Barselona" o'tmoqchi ekanini klub rahbariyatiga aytib, ularga bosim o'tkazayotgani "ko'k-anorranglilar"ga qo'l kelmoqda. Boz ustiga, braziliyalik futbolchi Instagram orqali Rivaldoning fikriga "layk" bosdi. "Barselona"ning sobiq futbolchisi: "Umid qilaman, "Barselona" Neymarning boshqa jamoaga o'tishiga yo'l qo'ymaydi", degan ma'noda fikr bildirgan edi.
Fernando Pologa ko'ra, "Barselona" Neymar uchun 170 million evro taklif qilgan va bu pulni ikkiga bo'lib o'tkazib berishini ta'kidlagan. Bu transfer doirasida boshqa futbolchilarning almashinuvi amalga oshirilmaydi. "PSJ" hozircha bu taklifga rozilik bermadi, ammo muzokaralar eshigini butunlay yopib qo'ymadi.
Ikkinchi manba
"Mundo Deportivo"ning boshqa jurnalisti Frachesko Agilar o'zining Tvitterdagi sahifasi orqali nisbatan aniqroq fikrlar yozgan:
"Menga xabar bergan manbaga ko'ra, "Barselona" va "PSJ" klublari 160 million evro miqdorida kelishuvga erishishdi. "Ko'k-anorranglilar" bu pulni ikki qismga bo'lib to'lab beradi. U jamoada qolish yoki "Real"ga o'tish niyati yo'qligini hamda faqat "Barsa"ga o'tmoqchi ekanini aytib, "Pari Sen-Jermen" rahbariyatiga kuchli bosim o'tkazmoqda".
Bugungi uchrashuvdan keyin "Barsa" rahbariyatida transfer muddati yopilgunga (2 sentyabr) qadar Neymarning transferini amalga oshirishiga ishonch hosil bo'ldi.