Shomurodov RPL 7-tur ramziy jamoasiga kiritildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 470

InStat sport analitikasi kompaniyasi Rossiya premer-ligasi 7-turining ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Ushbu jamoadan "Rostov"ning birdaniga 5 nafar futbolchisi o'rin oldi, jumladan, Eldor Shomurodov ham.
Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik futbolchi "Rubin"ga qarshi o'yinda bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Ramziy terma jamoa quyidagicha ko'rinish oldi:
Darvozabon: Igor Leshchuk ("Dinamo").
Himoyachilar: Aleksey Kozlov ("Rostov"), Dmitriy Chistyakov ("Rostov"), Xerdur Magnusson, Nikita Chernov (ikkisi - TsSKA).
Yarim himoyachilar: Aleksandr Saplinov ("Rostov"), Daniil Fomin ("Ufa"), Mario Fernandes (TsSKA), Roman Eremenko ("Rostov").
Hujumchilar: Maksimilian Filipp ("Dinamo"), Eldor Shomurodov ("Rostov").

Bosh sahifaga
161