Toshkentda velotrek bo'yicha Respublika ochiq turniriga start berildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283
Bugun poytaxtimizda velotrek bo'yicha A.Yudin xotirasiga bag'ishlangan Respublika ochiq turniri start oldi. Mazkur musobaqa kattalar va 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida tashkil qilingan.
17-21 oktyabr kunlari Janubiy Koreyada velotrek bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Musobaqaning aynin mana shu yosh toifalarida o'tkazilishi bo'lajak qit'a birinchiligida ishtirok etuvchi terma jamoa tarkibini saralab olish, sportchilarning jismoniy holatini ko'zdan kechirish imkoniyatini taqdim qiladi. 29 avgustga qadar davom etadigan Respublika ochiq turnirida yurtimizning turli viloyatlaridan kelgan 100 dan ortiq velosportchilar bahs olib borishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!