«Fiorentina» de Paul uchun 25 million evro taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 498
5.jpg)
"Fiorentina" hamon "Udineze" yarim himoyachisi Rodrigo de Paulga qiziqish bildirmoqda.
La Gazzetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skirining ma'lumotlariga ko'ra, "Fiorentina" 25 yoshli futbolchi uchun 25 million evro va yana 5 million evro bonus taklif qilmoqda.
"Udineze" argentinalik futbolchini sotishdan kamida 35 million foyda olishni rejalashtirmoqda.
"Fiorentina" allaqachon futbolchining agenti bilan muzokara o'tkazib 5 yillik shartnoma va 1,5 million evro miqdoridagi maosh taklif qilgan.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda de Paul "Udineze" safida 36 o'yin o'tkazdi va 9 gol urib 9 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310