Tuxel Neymarning qolishini istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 444
"PSJ" hujumchisi Tomas Tuxel jamoa hujumchisi Neymarning qolishini istayotganini ma'lum qildi.
"Neymarning jamoada qolishini istardim. Vaziyatga tezroq oydinlik kiritilishini istardim. U ajoyib o'yinchi va biz uchun muhim ahamiyatga ega", - dedi Tuxel L’Equipe nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Neymar transfer oynasi yopilgunga qadar "PSJ"ni tark etib, Ispaniya chempionatiga qaytishni istamoqda. Unga "Real" va "Barselona" klublari da'vogarlik qilishmoqda.
So'nggi kunlardagi voqealarga qaraganda, braziliyalik futbolchining Parijda qolish ehtimoli ham yo'q emas. Uning "Pari Sen-Jermen" bilan yana 3 yillik shartnomasi mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!