Shomurodov — «Rostov» - «Rubin» uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 466

Rossiya chempionatining 7-turi doirasida «Rostov» o'z uyida «Rubin»ni qabul qilib, irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Rostovliklar hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya premer-ligasi tomonidan uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
Hamyurtimiz uchrashuvning 29-daqiqasida esa hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi. Eldor maydon markazida bir raqibni aldab, jarima maydoni tomon yaqinlashib keldi va zarba berdi. To'p rekoshet holatida "Rubin" darvozasidan o'rin oldi.
Bundan tashqari, Shomurodov o'yin 4 marta aniq uzatma bilan jamoadoshlarini xavfli vaziyatlarga chiqardi. Uning o'zi raqib darvozasi tomon 2 marta aniq zarba yo'lladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312