Verner «Leyptsig» bilan shartnomasini uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 442
“RB Leyptsig” hujumchisi Timo Verner jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqida Kicker nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi 2023 yilgacha shartnomasini uzaytirdi. 23 yoshli futbolchining maoshi ham yaxshilangan. Bu haqida “Leyptsig” bugun rasman xabar berishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq, Verner 2020 yili erkin agent sifatida “Bavariya”ga o'tishi to'g'risida xabarlar tarqalgandi. Ammo myunxenliklar mazkur transfer bo'yicha kelishuvga erisha olishmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!